PSJ yetti futbolchisidan voz kechmoqda
PSJ ishonchni oqlamayotgan futbolchilarning bir guruhi bilan xayrlashish niyatida.
Le Parisien nashrining ma’lum qilishicha, klub rahbariyati ayrim o‘yinchilarga yangi shartnoma taklif qilmaydi va ba’zilarini transferga qo‘yadi. Jamoadan ketadiganlar ro‘yxatiga yarim himoyachilardan Vitinya, Renatu Sanshesh, Fabian Ruis, Karlos Soler, himoyachilardan Xuan Bernat va Serxio Ramos, shuningdek, hujumchi Ugo Ekitike kiritilgan.
Shuningdek, PSJning mashhur yulduzi Lionel Messining ham klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Argentinalik jahon chempioni 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi va u sobiq jamoasiga qaytishni xohlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter