Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Psixotrop dorilarni bolalar ham bemalol iste’mol qilishyapti» — senator

«Psixotrop dorilarni bolalar ham bemalol iste’mol qilishyapti» — senator

O‘zbekistonda psixofaol ta’sir etuvchi dorilar savdosi bo‘yicha Toshkent shahri birinchi o‘rinda turibdi. Bu haqda senatar Dilorom Toshmuhamedova AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Dilorom Toshmuhamedovaning aytishicha, yoshlar muammolari o‘rganilganida, ular orasida dori narkotiklariga ruju qo‘yish holatlari ko‘paygani kuzatildi.

«O‘zbekistondagi hisob-kitoblarga qaraganda, alkogol ichimliklar va narkotik moddalar noqonuniy savdosidan ham yuqorida psixofaol ta’sir etuvchi dorilar aylanmasi turibdi. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida eng yuqori. Ikkinchi o‘rinda Andijon, undan keyin Toshkent viloyati turibdi», — dedi Dilorom Toshmuhamedova.

Senatorning qo‘shimcha qilishicha, psixotrop dorilarni qo‘lga kiritish juda oson.

«Psixotrop dorilarni dorixonadan sotib ololmaganlar, telegramdagi juda ko‘plab guruhlardan topishlari mumkin. Bolalar ham bemalol sotib olib, iste’mol qilishyapti. Eng achinarlisi, bolalarimiz bu dorilarning ta’siri qanchalik og‘irligini bilishmaydi. Bir pasga sarxush qilyapti, o‘zimni yaxshi his qilyapman, deb o‘ylashadi. Lekin bir-ikki yil o‘tganidan keyin bu dorilar ularning ongiga, reproduktiv salomatligiga qanchalik ta’sir qilishini bilishmaydi, — dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring