Toshkent va Toshkent viloyatida er-xotinlarni propiska qilish soddalashtirilishi mumkin
O‘zbekiston Adliya vazirligi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalari ro‘yxati hamda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish to‘g‘risidagi nizomga tuzatish kiritishni taklif etmoqda. Bu haqda «Norma» xabar berdi.
Ayni paytda poytaxtda yoki poytaxt viloyatida doimiy propiskadan o‘tish uchun er-xotinlardan biri murojaat qilgan vaqtda ular kamida bir yil birga yashagan bo‘lishi lozim.Ushbu talabni bekor qilish taklif etilmoqda. Ya’ni tuzatish tasdiqlangan taqdirda, er (xotin) birgalikda qancha muddat yashagan bo‘lishidan qat’i nazar, xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga propiska qilinishi mumkin bo‘ladi.
Biroq, 2016-yildan buyon amal qilayotgan qoidaga ko‘ra, Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinganidan so‘ng bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda, er (xotin) bu yerda olingan doimiy propiskani yo‘qotadi. Ushbu chora faqat propiska olishni ko‘zlab soxta nikohdan o‘tish hollaridan himoyalanishga xizmat qiladi. Qonun loyihasini ishlab chiquvchilar qoidani o‘z kuchida qoldiradilar. Aytilishicha, taklif etilayotgan tuzatishlar qabul qilinib, kuchga kirsa ham, u u amal qilishda davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter