Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

PROlogue xalqaro festivali nihoyasiga yetdi (foto)

PROlogue xalqaro festivali nihoyasiga yetdi (foto)

Foto:«Xabar.uz»

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida to‘rt kun davom etgan  «PROlogue—2018» xalqaro kino festivali g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash hamda tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Festivalning asosiy bosqichi 27 - 30 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi.Unda turli davlatlarning 8 ta to‘liq metrajli hamda 14 ta qisqa metrajli filmlari ishtirok etdi. Festivalda AQSh, Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Polsha, Shvetsiya, Falastin, Eron, Armaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Bosniya va Gersegovina, Peru, Fransiya va boshqa mamlakatlarning kartinalari namoyish etildi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlarning 9 ta qisqa metrajli filmlari ham namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Eng yaxshi film «Meni yolg‘iz qoldirma» (Bosniya va Gersegovina, Turkiya, 2017, rej. Ayda Begich) filmi bosh sovringa munosib ko‘rildi.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali mazkur festival yopilishidan lavhalar tayyorladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring