Prokuror Nukus voqealari qatnashchilariga «srok» so‘radi
Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni o‘z ishini davom ettirmoqda.
Aniqlanishicha, Dauletmurat Tajimuratov Konstitutsiyaga kiritilayotgan tegishli o‘zgartirishlar bo‘yicha norozilik mitingini o‘tkazish bo‘yicha Jo‘qorg‘i Kengesiga rasman murojaat qilgan. Uning murojaatiga asosan miting 5-iyul kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan.
Sud majlisida guvoh va ayblanuvchilarning ko‘rsatmalari va namoyishlar bo‘lib o‘tgan kunlarda tasvirga olingan videomateriallar tahlil qilinmoqda. Xususan, ommani tinchlantirish maqsadida ishlatilgan qurollar va ularning ta’sir kuchi hamda qurollarni qo‘llashdan oldin ommaning ogohlantirilganiga oid holatlar ham o‘rganilmoqda.
Nukus voqelari bo‘yicha sudda prokuror Tajimuratovga 18 yil, Kallixanovaga 11 yil, Sportchi Azamat Turdanovga 8 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini so‘radi.
Shuningdek:
- Axmet Smetullayevga — 8 yil;
- Dao‘letmurat Jiyemuratovga — 9 yil;
- Baxtiyor Qadirbergenovga — 8 yil;
- Bayram Seytniyazovga — 7 yil;
- Allabay Tokimbetovga — 9 yil;
- Qaharman Seytimovga — 6 yil;
- Azamat Nuratdinovga — 7 yil;
- Saidabulla Medetovga — 7 yil;
- Nurlan Nayipovga — 7 yil;
- Po‘lat Shamshetovga — 7 yil;
- Razbek Bekmuratovga — 8 yil;
- Sultanbek Kaipovga — 8 yil;
- Po‘lat Nurniyazovga — 6 yil;
- Sayipnazar Kalimovga — 7 yil;
- Nurlan Sultamuratovga — 5 yil;
- Arislan Temirxanovga — 7 yil;
- Amirbek Adilbekovga — 7 yil ozodlikdan mahrum etish so‘ralgan.
Salamat Kalilayev va Berdax Genjebayevga ayblov tomoni 3 yildan ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishini so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter