Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura xodimlari uchinchi bor maoshining bir qismini xayriyaga o‘tkazishmoqda

Prokuratura xodimlari uchinchi bor maoshining bir qismini xayriyaga o‘tkazishmoqda

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

«Sardoba» suv omboridagi falokatidan jabr chekkanlarga yordam ko‘rsatish, hodisa oqibatlarini bartaraf etishda yurtdoshlarimiz mislsiz faollik ko‘rsatayotgani ma’lum. Prokuratura organlari xodimlari ham bu borada chetda turishgani yo‘q. Hodisa yuz bergan paytdayoq voqea joyiga yetib borgan tizim mas’ullari vakolati doirasidagi vazifalaridan tashqari xayriya ishlariga ham bosh qo‘shishdi.

Mahkama matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Majburiy ijro byurosi xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘z ish haqlarining bir qismini  «Sardoba»  suv ombori talafotlarini bartaraf etish bo‘yicha tashkil etilgan homiylik hisob raqamiga beg‘araz o‘tkazib berdi.

Eslatib o‘tamiz, tizim xodimlari koronavirus aniqlangan bemorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash doirasida mart oyi maoshlarining bir qismini xayriya qilgandi. Aprel oyida ham savobli amallar davom ettirilib, ish haqlarining bir qismi ixtiyoriy ravishda «O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga o‘tkazilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring