Jarqo‘rg‘onlik ayolning videomurojaati yuzasidan prokuratura rasmiy bayonot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Z.Xolmurodovaning turmush o‘rtog‘i va qayni ukasining harakatidan norozi bo‘lib, yo‘llagan videomurojaati viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Qayd etilishicha, P.Ergashev yangasi Z.Xolmurodovani haqorat qilganligi va unga yengil tan jarohati yetkazganligi yuzasidan JIB Jarqo‘rg‘on tuman sudining 12.02.2021-yildagi qaroriga ko‘ra, P.Ergashevga nisbatan MJtKning 41-modddasi (haqorat qilish) hamda 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) 2-qismi bilan jarima jazosi tayinlangan.
Bundan tashqari, fuqaro Z.Xolmurodovaning murojaatida bayon qilingan turmush o‘rtog‘i Ch.Normatov va qayni ukasi P.Ergashevlar tomonidan zo‘rlik ishlatib, doimiy ravishda jinsiy aloqada bo‘lganligi holati yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilgan.
Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, murojaatda bayon qilingan holatlarda biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli 30.03.2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.
Shu bilan birga, Z.Xolmurodova va Ch.Normatovlarni sha’riy nikohlagan X.Tga nisbatan MJtKning 240-moddasi (diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish)1-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun 30.03.2021-yilda JIB tuman sudiga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter