Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura organlarining 30 yilligiga bag‘ishlangan film namoyish etiladi

Prokuratura organlarining 30 yilligiga bag‘ishlangan film namoyish etiladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan «Adolat manzili» filmi yaratildi.

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Bosh prokuratura bilan hamkorlikda «Spectre» kinostudiyasi tomonidan «Adolat manzili» nomli hujjatli film suratga olindi.

Mazkur kinokartina prokuratura organlarining 30 yilligiga bag‘ishlanadi. Unda mazkur soha xodimlarining mashaqqatli mehnati, kasbiy faoliyati yoritilgan.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Furqat Usmonov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova.

Bugun, 8 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan yurtimiz telekanallarida filmning ilk namoyishlari bo‘lib o‘tadi.

Efir vaqtlari:

  • Sevimli - 16:20
  • Milliy TV - 18:50
  • Zo'r TV - 19:00
  • Mening yurtim - 19:15
  • O'zbekiston 24 - 20:15
  • Renessans TV - 20:30
  • UzReport TV - 21:00

Efir vaqti texnik sabablarga ko‘ra o‘zgarish ehtimoli mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring