Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura Andijon shahridagi hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi

Prokuratura Andijon shahridagi hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi

Andijon shahridagi ko‘p qavatli xonadonda gaz va havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lganligi haqida xabar berilgandi.

Yong‘in oqibatida, xonadonda bo‘lgan ayol va voyaga yetmagan qiz tana kuyishi hamda qo‘shni xonadonda yashovchi voyaga yetmagan bola chaqnash to‘lqinidan yiqilib, ko‘krak qismidan tan-jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Jabrlanganlarning olgan tan-jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Mutaxassislar tomonidan chaqnash sabablari, shuningdek keltirilgan zararlarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring