Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Professor: koronavirus yozda yo‘qolib, qishda yana paydo bo‘lishi mumkin

Professor: koronavirus yozda yo‘qolib, qishda yana paydo bo‘lishi mumkin

Foto: «Vse42.ru»

COVID-19 koronavirus infeksiyasi pandemiyasi bir yildan so‘ng takrorlanishi, yanada agressivroq kasallik paydo bo‘lishi mumkin, deydi shifokor-epidemiolog Igor Gundarov.

Professor va tibbiyot fanlari doktori Gundarovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi mavsumiy kasallik hisoblanadi — qishda faollashadi, yozda yo‘qoladi, keyingi yil qishda esa uning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat takrorlanishi hech gap emas.

Uning fikricha, bu yil qishdagi COVID-19 pandemiyasiga sog‘liqni saqlash tizimidagi muvaffaqiyatlar sabab bo‘ldi — ularning sharofati bilan grippning A va B tiplari deyarli yo‘q qilindi, koronavirus shtammlari esa ularning o‘rnida bo‘shab qolgan joyda ko‘paya boshladi.

«Etik bilan bir virusni ezib o‘ldirib, uning o‘rnida boshqasini yetishtirdik. Koronavirus grippga qaraganda kuchliroq bo‘lib chiqdi. Keyingi kasallik yanada agressivroq bo‘lishi mumkin», — deydi epidemiologiya va profilaktika sohasidagi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring