Professor Guli Mahmudova vafot etdi
Professor Guli Mahmudova 61 yoshida vafot etdi.
Guli Mahmudova 1961-yilda Toshkentda tug‘ilgan. Falsafa fanlar doktori, professor 1980–1985 yillarda Toshkent davlat universiteti Falsafa-iqtisod fakulteti «Falsafa» bo‘limida tahsil olgan. 1985–2012-yillarda O‘zR FA «Falsafa va huquq» institutida, Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, dotsent lavozimlarida ishlagan.
2012–2020-yillarda O‘zMU qoshidagi Falsafiy tadqiqotlar o‘quv-ilmiy kompleksi rahbari, hozirda O‘zMU «Falsafa va mantiq» kafedrasi professori.
Falsafa tarixi ixtisosligi bo‘yicha 1996-yilda «Turkistonda jadidchilik harakati va uning axloqiy-estetik fikr taraqqiyotiga ta’siri» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini, 2008-yilda «Zardushtiylik ta’limotining tarixiy-falsafiy tahlili» («Avesto» asosida) mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan.
Ilmiy ishlari yo‘nalishi ichida Turkistonda jadidchilik harakati va axloqiy-estetik tafakkur taraqqiyoti; umuminsoniy qadriyatlar zamirida zamonaviy o‘zbek yoshlari ijtimoiylashuvining ba’zi masalalari; Avestodagi ijtimoiy-falsafiy, huquqiy, axloqiy, estetik g‘oyalarning falsafiy mohiyati; zamonaviy estetikaning metodologiya muammolari; zamonaviy falsafaning tizim, murakkablik, nochiziqli dinamika, inson kapitali masalalariga oid tadqiqotlar mavjud.
Shu masalalarga oid 200 dan ortiq asarlari chop etilgan. «Turkistonda jadidchilik harakati va axloqiy-estetik tafakkur taraqqiyotiga ta’siri», Toshkent «Davr press», 2006; «Filosofskaya suщnost Avesti», «Esteticheskiye idei zoroastrizma», «About native land of Zoroastrianism and Avesta», «Avestoning falsafiy mohiyati», «Madaniy antropologiya», «Inson falsafasi» kabi asarlar muallifi. «Markaziy Osiyo falsafiy tafakkurida Avestoning o‘rni» monografiyasi, «Zardushtiylik falsafasi» qo‘llanmasi, «O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikri tarixida adolat g‘oyasi», «O‘zbekiston falsafasi tarixi» 1-jild monografiyasi, «Avesta: ensiklopedik lug‘at»ining hammuallifi. Xorijda 30 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan.
Olima rahbarligida 5 nafar falsafa doktori (PhD) va 2 nafar falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini himoya qilgan.
Xabar.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter