Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prigojin isyonidan so‘ng Rossiya valyutasi «qulamoqda»

Prigojin isyonidan so‘ng Rossiya valyutasi «qulamoqda»

Birjada Rossiya rublining AQSh dollariga nisbatan kursi pasayishda davom etmoqda.

Moskva birjasi tahlilchilarining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan 16:32 holatiga ko‘ra, treyderlar AQSh valyutasi uchun 89,2 rubl taklif etgan.

Bunday kotirovkalar Rossiya poytaxti valyuta birjasida 2022-yil 29-martdan beri qayd etilmagan. Ertalabki savdolar boshlanganidan beri AQSh dollari deyarli 2 foizga qimmatlashdi. Shu bilan birga, dushanba kunidan boshlab o‘sish allaqachon to‘rt rubldan oshdi, bu bozorning Yevgeniy Prigojin isyoniga reaksiyasidir, deydi tahlilchilar. 

Bundan tashqari, Rossiya valyutasining dollarga nisbatan kursi boshqa sabablarga ko‘ra zaiflashda davom etmoqda. So‘nggi paytlarda eksportyorlar birjada qo‘shimcha dollar, yevro va yuan taklif qilishdi, bu yesa bozorda valyuta taklifi hajmini oshirdi. Bu davrda investorlar ishonchliroq valyutani topishga intilishdi, bu esa rublning qo‘shimcha qadrsizlanishiga olib keldi.

30 iyun kuni rubl yevroga nisbatan ham jiddiy pasaydi, ayni paytda uning ko‘rsatkichi 96 rublga yetgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring