Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
Prezident qarori bilan «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» davlat unitar korxonasi «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» AJga o‘zgartiriladi va uning ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketi Markaziy bankka o‘tkaziladi.
Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarning yagona hisobi «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» AJda yuritiladi.
2028 yil 31 dekabrgacha «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi AJ, «O‘zbekiston respublika valyuta birjasi» AJ va «Toshkent» respublika fond birjasi» AJ mablag‘larni maqsadli ravishda ularni rivojlantirishga yo‘naltirgan holda dividendlarni hisoblash va to‘lashdan ozod qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter