Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

«Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–108-son, 04.04.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil qilindi:

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti;

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.

Institut va Oliy maktab faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida quyidagilar tashkil etildi:

- Institut tarkibida hududlarda yer resurslaridan unumli foydalanish va ularni optimal taqsimlash orqali bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish yuzasidan muammolarni o‘rganish va amaliy takliflar tayyorlashga yo‘naltirilgan yuridik shaxs bo‘lmagan «Yer islohotlari markazi»;

- Oliy maktab tuzilmasida yuridik shaxs bo‘lmagan «Yashil iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish» loyiha ofisi va Biznes inkubator va startap loyihalar bilan ishlash markazi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring