Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi
«Baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv havzalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda baliq ovlash va suv bo‘yi turizmi maskanlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–281-son, 18.08.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-oktyabrdan quyidagilar tadbirkorlarga «E-auksion» elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi:
- davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) – baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun;
- tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari – suv bo‘yida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (o‘tov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.
Qarorga ko‘ra, 2024-yilda respublikada:
- 900 ming tonna baliq yetishtirish;
- 35 240 gektar sun’iy suv havzalarini intensivlashtirib, 513 600 tonna baliq yetishtirish;
- 9 000 xonadonda intensiv usulda baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.
2024-yil 1-yanvardan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida aholi va tadbirkorlarga baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 50 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter