Prezidentning yangi farmoni e’lon qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning «A.A. Maxmudaliyevni Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida» farmoni e’lon qilindi.
«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining qaroriga muvofiq Akmaljon Azimjonovich Maxmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin», deyiladi unda.
Avvalroq Akmaljon Maxmudaliyev hokimlikka tavsiya etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter