Prezidentning biznesmenlar bilan yuzma-yuz uchrashuvi boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti boshlandi.
Uchrashuvda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tizimli muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, tadbirkorlarning takliflari eshitiladi.
Davlat rahbari Xalqaro anjumanlar saroyiga kirib kelgan. Dastlab Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov so‘zga chiqdi. Uning ma’lumot berishicha, bugun jami 10 mingdan ortiq tadbirkor muloqotni kuzatib boradi.
Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 avgust kuni «Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkorlarning bir guruhiga minnatdorchilik bildirish to‘g‘risida» farmoyish qabul qildi.
Bugun, ochiq muloqot arafasida ushbu minnatdorchilik maktublari o‘z egalariga topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter