Prezidentni olqishlagan mahbus ayollar uchun bayram qanday o‘tdi? (foto)
Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan kecha, 7 mart sanasida Zangiota tumanidagi umumiy tartibli 21-son ayollar koloniyasida bayram tashkil etildi.
Bayram tadbiri avvalida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabrikladi. «Prezidentimiz sizni tabriklab qo‘yishni menga topshirdi. Biz bunday tadbirlarni har bir bayramda tashkil etishga harakat qilamiz», — dedi Ozodbek Nazarbekov. Vazirning bu so‘zlari ayollar tomonidan olqish bilan kutib olindi.
Shundan so‘ng Milliy akademik drama teatri aktyorlari tomonidan «Qirmizi olma» spektakli namoyish etildi. Sovuq ob-havoga qaramay professionallarcha ijro etilgan spektakl bayramga alohida ko‘rk berdi.
Bayramni Feruza Jumaniyozovaning qo‘shiqlari yakunlab berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter