Prezidentni haqorat qilgan o‘smir qamaldi
Shu yilning 26 oktyabr kuni JIB Kattaqo‘rg‘on tumani sudining hukmi bilan 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro I.D. O‘zbekiston Respublikasi JKning 158-moddasi 3-qismi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqorat qilish yoki unga tuhmat qilish, matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon tarmog‘idan foydalanganholda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish) bilan ayblanib, 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Tashanov xabar bermoqda.
Sudda o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan o‘spirin jazoni manzil koloniyalarda o‘taydi.
Sud hukmida aytilishicha, Kattaqo‘rg‘on tumani «Sho‘rak» MFY Erkinnafas qishlog‘ida yashovchi bu yigit Instagram tarmog‘idagi akkauntlari orqali Prezident shaxsini o‘ta qo‘pol so‘zlar bilan obro‘sizlantirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter