Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentlikka nomzodning sudyalik vakolati to‘xtatildi

Prezidentlikka nomzodning sudyalik vakolati to‘xtatildi

2023-yil 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adolat sotsial-demokratik partiyasi Plenumida mazkur partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lajak nomzod sifatida Robaxon Anvarovna Mahmudova nomzodi ilgari surildi.

Qonunchilikka ko‘ra sudya siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas.

Saylov kodeksiga asosan siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga o‘z partiyasi a’zolari orasidan yoki partiyasizni nomzod etib ko‘rsatishga vakolatlidir.

Shu munosabat bilan bugun Sudyalar oliy malaka hay’ati R. A. Mahmudovaning arizasi va sud qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – ma’muriy sudlov hay’atining raisi R. A. Mahmudovaning sudyalik vakolatlarini to‘xtatib turish haqida qaror qabul qildi, deyiladi Oliy sud rasmiy xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring