Prezidentlikka nomzod xitoyliklarni mamlakatdan chiqarib yubormoqchi — Keniya
Keniya vitse-prezidenti hamda prezidentlikka nomzod Uilyam Ruto, agarda prezident etib saylansa, Xitoy fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yubormoqchi. Bu haqda Africa News xabar berdi.
«Xitoy fuqarolari jo‘xori qovurib, mobil telefonlarini sotib yuraverishsin. Biz ularning hammasini o‘z mamlakatiga deport qilamiz. Ularni jo‘natish uchun samolyotlarimiz yetarli», — dedi Uilyam Ruto iqtisodiy forumdagi nutqida.
Xitoy — Jahon bankidan so‘ng, Keniyaning ikkinchi yirik kreditori, mamlakatdagi ifratuzilma loyihalarini moliyalashtirib keladi.
Jumladan, $4,7 mlrd qiymatidagi loyihani ham xitoyliklar moliyalashtiradi. Bu Keniya mustaqillikka erishgan 1963-yildan beri eng qimmat infratuzilma loyihasi bo‘lib, port shahri Mombasani poytaxt Nayrobi orqali Rift-Vallidagi Nayvasha bilan bog‘lovchi temir yo‘l liniyasidir.
Loyihaga har investitsiya kiritilishida ko‘plab xitoylik ishchilar Keniyaga kelgan. Rutoning bayonoti internetda bahslarga sabab bo‘ldi.
«Biz Xitoydan milliardlab qarzdormiz. Agar bu ishni qilsak Xitoy bilan munosabatlarimiz yomonlashadi», — deb yozdi Twitter foydalanuvchilaridan biri.
Biroq Rutoning taklifini qo‘llovchilar mamlakat aholisi orasida yetarlicha.
«Yaxshi bo‘lardi (xitoyliklar chiqarib yuborilishi), boshqa mamlakatlarda unday emas. Xorijliklar bizning ish joylarimizni egallab olimasliklari kerak», — deb yozdi yana bir Twitter foydalanuvchisi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter