Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birga Toshkent shahridagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi.
Shavkat Mirziyoyev ovoz berish uchastkasiga oila a’zolari bilan tashrif buyurgan.
Qayd etilishicha, hozirga qadar respublika bo‘ylab jami 6 mln 463 ming 874 nafar saylovchi (jamiga nisbatan 33,54 foiz) muddatidan ilgari o‘tkazilayotgan Prezidentlik saylovida ovoz berib bo‘lgan.
MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorovning ta’kidlashicha, saylov qonunchiligiga muvofiq jami saylovchilar (19 mln 593 ming 838 nafar)ning 33 foizi ovoz berishda qatnashgani Markaziy saylov komissiyasi mazkur saylovni o‘tgan deb topishga asos bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter