Prezidentlikka navbatdagi nomzod e’lon qilindi
Ayni damda O‘zbekiston «Adolat» SDP Siyosiy Kengashining navbatdagi Plenumi o‘tkazilmoqda.
Unda partiya Siyosiy Kengashi hamda Ijroiya qo‘mitasi a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Plenumda «Adolat» SDP 2021-yilgi prezidentlik saylovlariga partiya rahbari Bahrom Abduhalimovni nomzod sifatida ko‘rsatishini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun: Bahrom Abduhalimov 1959-yil 27-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Tarix fanlari doktori, Markaziy Osiyo tarixi va sharqshunoslik sohasidagi olim.
U 2011—2020-yillarda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 2020-yilning oktyabrida «Adolat» SDP siyosiy kengashi raisi etib saylangan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini ilgari surgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter