Prezident Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22 avgust kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Boku shahrida tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Birgalikda Fuzuliy va Shusha shaharlariga tashrif buyurish, davlat rahbarlari ishtirokida boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev bir kun avval amaliy tashrif bilan Vengriyada bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter