Prezident yurgan yo‘lda ta’mirlash boshlandi
Shavkat Mirziyoyevning tanqididan so‘ng Surxondaryoda 111 kilometr yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida o‘zi avtomobil boshqarib, Boysun-Denov yo‘nalishidagi yo‘llar sifatini tanqid qilgan edi. Mazkur yo‘llarni ta’mirlash ishlari boshlandi.
Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 111 kilometr semento-beton qoplama bo‘lib, viloyatning Boysun, Bandihon, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy va Denov tumanlari hududidan o‘tadi.
Bugungi kunda qurilish ob’yektida asos ishlari bajarilmoqda. Hozirda ob’yektga 70 tadan ortiq maxsus mashina va mexanizm hamda 120 nafar ishchi xodim jalb qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter