Prezident yirik sement zavodi bilan tanishdi
O‘tgan yili Sherobod tumanida sement zavodi ishga tushirilgan edi. Bu yil Jarqo‘rg‘on tumanida «Surxonsementinvest» xorijiy korxonasi barpo etildi. Bu yerda Germaniya, Avstriya, Rossiya va Xitoydan zamonaviy texnologiya va uskunalar o‘rnatildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Loyiha qiymati qariyb 144 million dollar bo‘lgan korxonaning birinchi bosqichi yakunlangan. Zavod to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagach, yiliga 1,1 million tonna sement ishlab chiqariladi va 750 ming tonna sement eksport qilinadi, 1 125 kishi ish bilan ta’minlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu zavod salohiyati bilan tanishdi.
— Surxondaryo viloyatining iqtisodiy imkoniyatlari juda katta. Bu yerda yerosti boyliklar ko‘p. Mendeleyev davriy jadvalidagi deyarli barcha elementlar bor. Bundan oqilona foydalanishimiz, xalqimiz manfaati uchun ishlatishimiz kerak, — dedi Prezidentimiz.
Shuningdek, kelgusida 12 million dollardan ziyod investitsiya jalb qilish orqali quruq qurilish aralashmalari, gidratlangan ohak, temir-beton mahsulotlari ham tayyorlash rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter