Prezidentning bugungi yig‘ilishida uchta masala ko‘riladi
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Kun tartibidan uchta masala - yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish hamda ichki yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalar, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar, davlat xizmatlarini ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari muhokamasi o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter