Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Yaponiyada Nagoya merini qabul qildi

Prezident Yaponiyada Nagoya merini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Rasmiy tashrif bilan Nagoya shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu shahar meri Takasi Kavamura bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Nagoya meriyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Poytaxtimiz Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish, iqtisodiyot, sanoat, transport, ta’lim, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda innovatsion loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.

2020 yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Uchrashuv so‘ngida Toshkent hokimligi va Nagoya meriyasi o‘rtasida Sheriklik to‘g‘risida bitim imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring