Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident tomonidan «Probatsiya to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ-938-son, 07.08.2024 y.) imzolandi.

Qonunga ko‘ra, probatsiya – muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini ta’minlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasi probatsiyani amalga oshirish sohasida yagona davlat siyosati ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining probatsiya xizmati probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatli organdir.

Probatsiya nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi sub’yektlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • mehnat organlari;
  • davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari;
  • Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari;
  • ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ta’lim tashkilotlari;
  • Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari.

Shaxsni probatsiya hisobiga qo‘yish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya akti yoxud afv etish asos bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring