Prezident Yangi Toshkentni qurish bo‘yicha qaror imzoladi
«Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-232-son, 20.07.2023 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tashkil etiladi.
Shunga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi direktori lavozimi joriy etiladi.
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan, ko‘p kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini qurish uchun yer uchastkalari Muvofiqlashtiruvchi kengashning qaroriga muvofiq «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali auksion savdolarida sotiladi yoki ijaraga beriladi.
Qarorga muvofiq, 2027 yil 1 yanvargacha Direksiya, investorlar, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to‘lashdan ozod qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident tashabbusi bilan amalga oshirilishi boshlangan Yangi Toshkent shahri qurilishi loyihasiga ko‘ra, 20 ming gektar yer maydonida 1 million aholi istiqomat qilishi uchun qulay sharoit yaratiladi va shunga yarasha infratuzilma bilan ta’minlanadi.
Loyihaning birinchi bosqichida 60 ming aholiga ko‘p qavatli uylar, 30 maktab, 20 ta bolalar bog‘chasi, ko‘p tarmoqli shifoxona, 5 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter