Prezident xalqaro shartnomaga oid qonunga imzo chekdi
«Turksoy tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish prinsiplari to‘g‘risidagi Shartnomani (Olma-ota, 1993-yil 12-iyul) ratifikatsiya qilish haqida»gi Qonun (O‘RQ–802, 10.11.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga ko‘ra, Turksoy tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish prinsiplari to‘g‘risidagi Shartnoma (Olma-ota, 1993-yil 12-iyul) ratifikatsiya qilindi.
Ma’lumot uchun, Turksoy xalqaro tashkiloti 1993-yilda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi kelishuv natijasida tashkil etilgan.
Tuzilmaning asosiy vazifasi turkiy xalqlarning ma’naviy yaqinlashuvi va qardoshlik birligini mustahkamlash, turkiy madaniyatni dunyoga tanitish va uning an’analarini kelajak avlodlarga yetkazish hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter