Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident virtual qabulxonasiga xorijiy mamlakatlardan ham murojaat yo‘llash mumkin bo‘ladi

Prezident virtual qabulxonasiga xorijiy mamlakatlardan ham murojaat yo‘llash mumkin bo‘ladi

Skrin: Prezident virtual qabulxonasi

Joriy yilning 1-fevralidan Prezident virtual qabulxonasining yangi versiyasi test rejimida ishlamoqda. Unda murojaat yo‘llovchi fuqarolar uchun shaxsiy kabinet ochish, ko‘p beriladigan savollarga batafsil javob olish, onlayn rejimida huquqiy maslahat olish kabi bir qator qulayliklar yaratilgan.

Virtual qabulxonaga veb-sayt orqali murojaat yo‘llash va shaxsiy kabinet ochishda mobil telefon raqamini tasdiqlatish imkoni yaratildi. Bunda mobil telefon raqami tizimga kiritilgach, bir martalik parol SMS-xabar shaklida yuboriladi. Ayni paytda bu imkoniyatdan faqat O‘zbekiston aholisi foydalanmoqda. Chet eldan yuborilayotgan murojaatlar xat va telefon qo‘ng‘irog‘i orqali qabul qilinmoqda.

Avval ma’lum qilinganidek, xorijiy mamlakatlarda yashab turgan fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari uchun ham bu borada qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Yaqin kunlarda xorijdan turib ham xuddi O‘zbekistonda bo‘lgani kabi Prezidentga elektron tarzda murojaat yo‘llash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring