Prezident videoselektor o‘tkazmoqda. Ayrim rahbarlar ishdan olinishi kutilmoqda
Prezident joriy yilda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlash dasturini amalga oshirish choralarini tanqidiy ko‘rib chiqadi. Bu masalalar bugungi videoselektor yig‘ilishida muhokama qilinmoqda.
O‘tgan yili kichik biznes sub’yektlariga davlat tomonidan kreditlar va moliyaviy yordam ko‘rinishida qariyb 120 trln so‘m ajratilgan. Buning natijasida pandemiyadan zarar ko‘rgan 104 mingta korxona faoliyatini qayta tiklash hamda xususiy korxonalarning aylanma mablag‘larini 33 foizga oshirishga erishildi.
Lekin, ayrim viloyatlarda bu borada olib borilayotgan ishlar biznes va hukumatning talablariga javob bermayapti. Shu sababli Prezident qator turli darajadagi rahbarlarni ishdan olishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni belgilab beradi.
Yig‘ilishda «Xabar.uz» muxbiri ham ishtirok etmoqda. Tafsilotlarni saytimizda kuzatib boring.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter