Prezident uy bergan ikki karra jahon chempioni yana zafar quchish niyatida (video)
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Olmazor tumaniga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markazidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishib, shaxmat bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Sirojiddin Zayniddinov, taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati sovrindori Davron Xidirov, postanovkachi rejissyor, xalqaro tanlovlar g‘olibi Oleg Oshepkovga Toshkent shahridan uy ajratishga topshiriq bergandi.
«Xabar.uz» sayti fotomuxbiri Farrux Aliyev tantana jarayonidan videolavha tayyorladi.
Shuningdek, shaxmat bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, prezident sovg‘asi sohibi Sirojiddin Zayniddinov intervyusi ham lavhadan joy olgan.
Sirojiddin Jizzaxda tug‘ilgan. Germaniya va Shveysariyada o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatlarida zafar quchgan. Prezident sovg‘asini qabul qilib olar ekan, hech qachon chekinmaslikka qaror qilgani va yanada ko‘proq sovrinlarga erishish uchun kurashayotganini ma’lum qildi. Hozir zaif eshituvchi bolalarga shaxmat saboqlarini berib kelmoqda. Sirojiddin Zayniddinovning intervyusini quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter