Turkmaniston prezidenti ta’tilda tutgan balig‘ini bolalar uyiga sovg‘a qildi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ta’til paytida baliq ovida tutgan o‘ljasini bolalar uyiga yubordi, deya xabar berdi rus tilida chop etiluvchi «Neytralniy Turkmenistan» hukumat gazetasi.
«Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ta’tilni mamlakatdagi eng go‘zal ko‘llardan birida o‘tkazib, baliq ovi bilan shug‘ullandi», — deyiladi xabarda.
Davlat rahbari yangi tutgan balig‘ini Ashxoboddagi bolalar uyiga sovg‘a qildi. Gazetaning yozishicha, bolalar prezidentga minnatdorchilik bildirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter