Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Turkmanistonga jo‘nab ketdi

Prezident Turkmanistonga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan bugun, 20-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi.

Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sammit yakunida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha o‘ndan ziyod hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

Ashxobod shahrida «Toshkent» bog‘ining ochilishi, «Xorazm–Toshovuz» chegaraoldi savdo markazi qurilishining boshlanishi ham tashrifning muhim voqealari bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring