Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Toshkent viloyatining barcha tashkilotlariga Nurafshon shahriga tezroq ko‘chishni tayinladi

Prezident Toshkent viloyatining barcha tashkilotlariga Nurafshon shahriga tezroq ko‘chishni tayinladi

Viloyat markazini tumanlar bilan bog‘lash uchun ikki yuzta zamonaviy avtobus qatnovga qo‘yiladi.

Foto: «UZ24.uz»

Xabar berganimizdek, ayni vaqtda Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etyapti.

Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashmoqda. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tayotgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining ko‘plab tashkilotlari haligacha poytaxtda faoliyat yuritayotganini tanqid qilgan va mas’ullarga ularni tez fursatda viloyatning yangi markazi — Nurafshon shahriga ko‘chirish haqida topshiriq bergan.

«Barcha tashkilotlar Nurafshonga tezroq ko‘chsin. Taxminan olti mingga yaqin davlat xizmatchilari uchun uy-joy qurish masalasi bo‘yicha ikki hafta ichida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Viloyat markazini tumanlar bilan bog‘lash uchun ikki yuzta zamonaviy avtobus qatnovga qo‘yiladi», — deya ta’kidlagan mamlakat rahbari.

Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring