Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident To‘qayev Belarus rahbarining taklifiga munosabat bildirdi

Prezident To‘qayev Belarus rahbarining taklifiga munosabat bildirdi

Qozog‘istonning Rossiya–Belarus ittifoq davlatiga qo‘shilishiga hojat yo‘q. Bu haqda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Shimoliy Qozog‘iston viloyatiga safari chog‘i ma’lum qildi.

«Kuni kecha Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Grigorevich Lukashenko Qozog‘istonga ittifoq davlatiga qo‘shilishni taklif qildi. Men uning hazilini to‘g‘ri tushundim. O‘ylaymanki, bunga hojat yo‘q. Negaki, boshqa integratsiya birlashmalari, xususan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mavjud. Yadro quroliga kelsak, unga ehtiyojimiz yo‘q. Chunki biz Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi va Yadro quroli sinovlarini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomalarga qo‘shilganmiz. Biz ushbu xalqaro hujjatlar doirasidagi majburiyatlarimizga sodiq qolamiz», – dedi Qozog‘iston rahbari.

Q.To‘qayev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zo davlatlar o‘rtasida birinchi navbatda iqtisodiy integratsiya masalalari bilan shug‘ullanishi kerakligini ham urg‘ulagan.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Lukashenko 28 may kuni Qozog‘iston Rossiya–Belarus ittifoq davlatiga qo‘shilsa birato‘la yadro quroliga ham ega bo‘lishi haqida gapirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring