«Prezident tomonidan yangi vazifa qo‘yildi» – Sherzod Shermatov
Davlatimiz rahbari tomonidan axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha dastur tayyorlash vazifasi qo‘yildi, deya ma’lum qildi AKT vaziri Sherzod Shermatov.
«Eng asosiy vazifa iqtisodiyotimiz o‘sishi va yoshlarimizni qo‘shimcha daromad topishiga yordam berish. Ya’ni qayerdadir biz bilmagan imkoniyatni balki AKTni joriy etish orqali tezlashtirib yuborish bo‘yicha fikrlar bordir.
Davlat-xususiy sherikchilik ko‘rinishida bo‘ladimi yoki boshqacha revenue-sharing mexanizmi asosidami, har qanday takliflarni ko‘rib chiqishga tayyormiz», dedi soha rahbari.
Shu sababli, kimda bu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha aniq taklif va loyihalari bo‘lsa, ularni ushbu onlayn forma orqali yuborish so‘ralgan: https://bit.ly/3FAr2WL
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter