Prezident sovrini ta’sis etilmoqda
Prezident xorijiy tillarini o‘rganishni ommalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi. Bu haqda «Nigoh» xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra:
- Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi hamda uning hududiy vakillari lavozimlari tashkil etilmoqda;
- 2021/2022 o‘quv yilidan tuman va shaharlarda 207 ta chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashgan maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda;
- ta’limning barcha bosqichlari pedagoglari, magistratura va doktoranturaga o‘qishga kiruvchilar hamda davlat organlarining xodimlari uchun chet tillarini tegishli darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lish talabi o‘rnatilmoqda;
- ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab boriladi;
- 2022-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy tillardan sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan qo‘shimcha ustama tashkilotlarning budjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;
- xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishganlarni rag‘batlantirish maqsadida maktablar orasida o‘tkaziladigan prezident sovrini ta’sis etilmoqda (tuman bosqichida 100 mlngacha, viloyatlar bosqichida 250 mlngacha, respublika bosqichida 500 mln so‘mgacha pul mablag‘lari bilan mukofotlanadi).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter