Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Shavkat Mirziyoyev minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev minnatdorlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblariga mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan qutlovlar yo‘llagani uchun ko‘p millatli xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga berilgan yuksak baho va xayrixohlik, ikki tomonlama do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratayotgan e’tibori, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatlarini yengib o‘tishdagi samarali sheriklik uchun xorijiy hamkorlarga tashakkur aytdi.

Mamlakatimiz xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan uzoq muddatli aloqalarni kengaytirish, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, turizm, fan, tibbiyot, ta’lim, madaniyat va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan konstruktiv muloqotni davom ettirish uchun ochiq va tayyor ekani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda yuzdan ziyod xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘z qutlovlarini yo‘llagan, shu jumladan:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish;

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp;

Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev;

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov;

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Armaniston Respublikasi Prezidenti Armen Sarkisyan;

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili;

Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon;

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In;

Yaponiya Imperatori Naruxito;

Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovind;

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer;

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron;

Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella;

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II;

Belgiyaliklar Qiroli Filipp;

Ispaniya Qiroli Felipe VI;

Niderlandiya Qiroli Villem-Aleksandr;

Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustaf;

Avstriya Respublikasi Prezidenti Aleksandr van der Bellen;

Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev;

Vengriya Prezidenti Yanosh Ader;

Gretsiya Respublikasi Prezidenti Katerina Sakellaropulu;

Latviya Respublikasi Prezidenti Egils Levits;

Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda;

Ruminiya Prezidenti Klaus Verner Yoxannis;

Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich;

Slovakiya Respublikasi Prezidenti Zuzana Chaputova;

Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Sauli Niynistyo;

Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zeman;

Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Simonetta Sommaruga;

Estoniya Respublikasi Prezidenti Kersti Kalyulayd;

Rim-katolik cherkovi rahbari Fransisk;

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;

Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon Ol Saud;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;

BAA Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;

Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy;

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon;

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun;

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamid;

Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri Shayx Hasina;

Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Gotabaya Rajapaksa;

O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq;

Bahrayn Podshohi Hamad ibn Iso Al Xalifa;

Iordaniya Podshohi Abdalla II;

Quvayt Davlati valiahdi Navaf al-Ahmad  al-Jobir as-Saboh;

Isroil Davlati Prezideni Reuven Rivlin;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Avstraliya Ittifoqi General-gubernatori Devid Xyorli;

Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo;

Malayziya Podshohi Sulton Abdulloh Ri’yatuddin Al-Mustafo BILLOH;

Malayziya Bosh vaziri Tan Sri Muhyiddin Yassin;

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub;

Filippin Respublikasi Prezidenti Rodrigo Duterte;

Bruney Dorussalom Davlati Sultoni Hassanal Bolkiyax;

Laos Xalq-Demokratik Respublikasi Prezidenti Bunnyang Vorachit;

Myanma Ittifoqi Respublikasi Prezidenti Vin Min;

Nepal Federativ Demokratik Respublikasi Prezidenti Bidxya Devi Bxandari;

Maldiv Respublikasi Prezidenti Ibrohim Muhammad Solih;

Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes;

Nikaragua Respublikasi Prezidenti Xose Daniyel Ortega Saavedra;

Yamayka Bosh vaziri Endryu Maykl Xolness;

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dun’yuy;

Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili;

Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya;

Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Yusuf al Usaymin;

Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti bosh direktori Salim al-Malik;

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag‘dat Amreyev;

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev;

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi prezidenti Jilber Ungbo va boshqalar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring