Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning yangi videoselektori, Andijondagi «teskari karantin», Bosh prokuraturaning aholiga murojaati va boshqa muhim xabarlar

Prezidentning yangi videoselektori, Andijondagi «teskari karantin», Bosh prokuraturaning aholiga murojaati va boshqa muhim xabarlar

Kollaj:«Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali bugun, 16-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tadi.

Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 aprel kuni kimyo, agrotexnika va avtomobil sanoati korxonalarida ishlab chiqarish sur’atlarini ta’minlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat

2020-yil 16-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1349 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar soni esa 129 nafarga yetdi.

Shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov og‘ir ahvolda qolayotganlar haqida ma’lumot berdi.

Andijon: «teskari karatin»ga mantiqsiz chora?!

Mehnat vazirligining xabar berishicha, Andijon tumani hududidagi adirlikka 10-11-aprel kuni yong‘oq ko‘chatlari ekilgan va bunda Andijon viloyati suv xo‘jaligi boshqarmasiga qarashli korxona ishchilari majburiy tarzda jalb etilgan.

INHA universiteti talabalari «aqlli niqob»ni ixtiro qildilar

Toshkent shahrida joylashgan INHA universiteti talabalari «aqlli niqob»ni ixtiro qildilar.

Bu niqob sezish funksiyasi orqali avtomatik tarzda inson haroratni o‘lchash, yo‘talish va nafas qisilishi kabi barcha ma’lumotlarni maxsus ilova orqali smartfonga yuboradi.

Bosh prokuratura aholiga yana bir murojaat bilan chiqdi

Respublika Bosh prokuraturasi karantin sharoitida aholiga ikkinchi bor murojaat bilan chiqdi. Murojaat to‘liq matni bilan bu yerda tanishish imkoniyati bor.

Shuningdek siz uchun kerakli:

Ertaga ob-havo yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda

Birja savdolarida unning narxi oshib ketyapti. Bu nima bilan bog‘liq?

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga yordam beruvchi «Saxovat» yordam markazi tashkil etildi

Mutaxassis yana bir koronavirus tashuvchisidan ogohlantirdi

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring