Prezident saylovi okruglari tuzildi
Bugun, 9 avgust kuni Komissiya raisi Z.Nizomxo‘jayev boshchiligida o‘tkazilgan MSK navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzish va OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 14 ta saylov okrugi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Saylov okruglari ro‘yxati, ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashuvi ko‘rsatilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.
Yig‘ilishda 500 dan ortiq OAV vakillariga akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha tegishli guvohnomalarni berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Kelgusida OAVdan murojaaatlar bo‘yicha MSK ularning akkreditatsiyasini o‘rnatilgan tartibda amalga oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter