Prezident qozog‘istonlik arboblarni mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Qozog‘iston Respublikasining davlat va jamoat arboblaridan bir guruhi mukofotlandi.
O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy ma’no-mazmun hamda muhim tashabbuslar bilan boyitish, ustuvor yo‘nalishlardagi aloqalarni kengaytirish va har tomonlama rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni faol ilgari surishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, shuningdek, mamlakatlarimiz xalqlarining ko‘p asrlik do‘stligi va hamjihatligini yanada mustahkamlash yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi:
Karin Yerlan Tinimbayuli - Qozog‘iston Respublikasining Davlat maslahatchisi
Jeldibay Ruslan Sultanuli - Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining ichki siyosat va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha yordamchisi
Jumangarin Serik Makashevich - Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari
Balayeva Aida Galimovna - Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va axborot vaziri
Atamkulov Beybut Bakirovich - Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
Xashimjanov Ikram Akramovich - Qozog‘iston Respublikasi O‘zbeklar etnomadaniy birlashmalari uyushmasi raisi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter