Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: «Qaysi hokim hamshiraga uy berdi?»

Prezident: «Qaysi hokim hamshiraga uy berdi?»

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Respublika shoshilinch yordam markazida tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida hamshiralarni tayyorlash masalasiga e’tiborni oshirish lozimligini aytib o‘tdi.

— Jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi, hammasiga vrach javob beradi. Ammo operatsiyadan so‘ng bemorga kim qaraydi? Hamshira, albatta! Ammo biz uni qayerda o‘qityapmiz, unga nimalarni o‘rgatyapmiz?

Hamshiralarning malakasini oshirish masalasiga katta e’tibor qaratishimiz kerak. Shu masalaning yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriq berilgan.

Hamshiralar uchun malaka oshirish vaqti bir oydan uch oygacha bo‘lishi va ularga jahon tajribasidagi barcha yutuqlar o‘rgatilishi kerak.

Katta shifokorlar o‘z yutug‘ini malakali hamshiralar bilan bog‘laydi. Hamshirani tanqid qilishdan oldin uni yetarlicha o‘qitishimiz kerak, sharoit va imkoniyat yaratib berish lozim.

Qaysi viloyat hokimi birorta hamshirani uy bilan ta’minladi? Hech biri? Ular uchun ipoteka imkoniyatlarini o‘ylab ko‘rish vaqti keldi.

Xozircha biz hamshiralarga adolatli maosh bera olganimizcha yo‘q. Tegishli mutasaddilar bu bo‘yicha o‘z takliflarini berishlari kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring