Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: Yoshlar nuroniylarga biriktiriladi

Prezident qarori: Yoshlar nuroniylarga biriktiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–92-son, 11.03.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 apreldan «Nuroniy» jamg‘armasiga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi.

«Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi.

«Nuroniy har bir oilaga mas’ul» loyihasi asosida muammoli oilalarning har biriga «Keksalar maslahati» guruhlarining bir nafardan a’zolari biriktiriladi.

«Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyili hamda «Nuroniy har bir oilaga mas’ul» loyihasi asosida faoliyat olib borgan va ijobiy natijalarga erishgan nuroniylarni «Nuroniy» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib borish tizimi joriy etiladi.

 Mahallalarda faoliyat yuritayotgan «Keksalar maslahati» guruhlari rahbarlari har chorakda BHMning 2 baravari (600 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantirib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring