Prezident qarori: O‘zA bosh direktorining maqomi vazirga tenglashtirildi
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xodimlarining umumiy cheklangan soni 155 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlarining soni 13 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xodimlarining umumiy cheklangan soni 13 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlarining soni 2 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi;
O‘zA tomonidan 2022-yil 31-dekabrga qadar chetdan olib kelinganda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladigan texnika vositalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Shuningdek, O‘zA bosh direktori va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinishi;
O‘zA bosh direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra vazirga, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari esa tegishlicha vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtirilishi;
Qoraqalpog‘iston axborot agentligi direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra O‘zA bosh direktori o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter