Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekkino» Milliy agentligining nomi o‘zgartirildi

«O‘zbekkino» Milliy agentligining nomi o‘zgartirildi

«O‘zbekkino» Milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmonida nazarda tutilgan.

Agentlikning yangi nomi tashkilot oldida turgan asosiy vazifalarni ta’kidlab o‘tadi. Bu nafaqat kino san’atini yanada rivojlantirish, balki mamlakat qudratli kinosanoatini iqtisodiyotining tarmoqlaridan biri sifatida yaratishni targ‘ib qilishdir.

Farmonga asosan Agentlik zimmasiga milliy kinematografiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan islohotlarni muntazam ravishda davom ettirish, ushbu sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, zamonaviy va yuqori texnologik moddiy-texnik bazaga ega infratuzilmani yaratish, jahon tajribasi asosida filmlarni ishlab chiqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek respublikada kinoindustriyaning zamonaviy infratuzilmasini yaratish va filmlarni tarqatish tizimini rivojlantirish kabi vazifalar yuklatilgan.

Kinoteatrlar tarmog‘ini kengaytirish, xalqaro kinofestivallarni tashkil etish, kinoijodkorlarni rag‘batlantirish va ularga bir qator imtiyozlar berish, kinematografiya sohasi bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va boshqa ko‘p narsalar rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra yana bir qator tashkilotlar tugatildi. Bular:

- «Multiplikatsion filmlar studiyasi» DUK;

- «Respublika kinoprokat markazi» DUK va uning hududiy filiallari;

- «Kinematografchilar uyi» DUK;

- «Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi» DUK tugatildi.

- «Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi» DUK «Yoshlik» kinostudiyasi» DUK etib qayta nomlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring