Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident xalqaro tashkilotlarga a’zolik majburiyatlari bo‘yicha yangi qaror imzoladi

Prezident xalqaro tashkilotlarga a’zolik majburiyatlari bo‘yicha yangi qaror imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, vakolatli organlar O‘zbekistonning kelgusida tegishli xalqaro tashkilotda ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi hamda a’zolikdan olinadigan va boshqa foydalar bo‘yicha doimiy tahlil olib boradi.

2021-yildan boshlab xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar va ular bo‘yicha qarzdorliklar bevosita vakolatli organlar tomonidan Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar va o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Qaror bilan O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, badallar to‘lovchilar tomonidan to‘lov hujjatlariga (invoys) yoki joriy yil uchun badal miqdorini tasdiqlovchi xalqaro tashkilotning (yoki tegishli xalqaro shartnomani ma’murlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan tashkilotning (organning) xabarnomalariga muvofiq to‘lanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring