Prezident: «Oroldagi fojiani oldini olish uchun 27 yil hech narsa qilmadik»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.
Prezident o‘z murojaatnomasida Ekologik xavfsizlik masalasiga ham e’tibor qaratdi.
Jumladan, ekologik xavfsizlik, birinchi navbatda, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarurligi qayd etildi va Suv xo‘jaligi vazirligiga 2019-yilda mintaqadagi davlatlar ekspertlari bilan birgalikda Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishi lozimligini ko‘rsatib o‘tdi.
Shuningdek, Orol dengizi atrofidagi holatga ham to‘xtaldi.
«Orol dengizining qurigan hududi 5 yarim ming gektarga yetgan. U yerdan tonnalab chang va tuz havoga ko‘tariladi. Bu qanchalik global muammo ekanini ortiqcha ta’riflash shart emas. Kelgusida bu hududda har yili 500 ming gektardan o‘rmonzor barpo etiladi. Endi tasavvur qiling, 27 yil davomida shunchadan o‘rmonzor tashkil qilganimizda Oroldagi holat hozir qanday bo‘lgan bo‘lardi?» dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter